Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, murosasiz kechgan bellashuvda jamoalar murosa koʻchasini tanladi.
Uchrashuvning ikkinchi daqiqasidayoq Jamshid Iskanderov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi boʻlim yakunlanayotgan pallada Poʻlatxoʻja Xoldorxonov oradagi muvozanatni tikladi. Ikkinchi boʻlimda jamoalar har qancha harakat qilishmasin, darvozalarga boshqa toʻp kiritilmadi va klublar oʻz hisoblariga bittadan ochko qoʻshib qoʻyishdi.
Coca Cola superligasi, 10-tur
“Olimpik” – “Navbahor” 1:1
Gollar: Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 39 – Jamshid Iskanderov 2.
Shu tariqa, Temur Kapadze shogirdlari ochkolarini 14 taga yetkazib olmoqda. Ushbu natija bilan “Olimpik” birinchi davrani sakkizinchi pogʻonada yakunlaydigan boʻldi. Qisqa tanaffusdan soʻng, aniqrogʻi 1-avgustdan boshlab 14-tur oʻyinlariga start beriladi.