Musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Fargʻona, Namangan, Sirdaryo, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan oʻgʻil bolalardan iborat 7 ta jamoa bellashgan boʻlsa, qizlar oʻrtasida 4 ta jamoa (Andijon, Namangan, Sirdaryo, Xorazm) gʻoliblik uchun ishtirok etdi.
“Olimpiya choʻqqilari”dan joy olgan mazkur chempionatning yakuniy natijalariga koʻra, oʻgʻil bolalar oʻrtasida Navoiy viloyati jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib, faxrli birinchi oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrinni Sirdaryo jamoasi qoʻlga kiritgan boʻlsa, uchinchi oʻrin mezbonlarga nasib etdi.
Qizlar oʻrtasida oʻtgan bellashuvlarda andijonlik sportchi-oʻquvchilar oltin medal sohibalariga aylanishgan boʻlishsa, kumush medalga xorazmlik qizlar ega chiqdi. Uchinchi oʻrin va bronza medallarni Namangan jamoasi qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.
Ilhom RAHMONOV