Shu bois Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik boʻyicha birinchi marta bunday katta yigʻilish oʻtkazilayotgani qayd etildi.
Islohotlarning ilk kunlaridanoq boshqa sohalar qatori jismoniy tarbiya va sport rivojiga ham katta eʼtibor berilmoqda.
Soʻnggi toʻrt yilda byudjetdan sportga ajratilayotgan mablagʻ 1,5 trillion soʻmdan 3 trillion soʻmga oshdi, murabbiylarning oʻrtacha maoshi 2 barobar koʻpaydi, 101 ta yirik sport obyektlari yangidan qurildi, 67 tasi rekonstruksiya qilindi.
Sportchilarimizning Parijda erishgan yutuqlari bu islohotlarning yorqin natijalari hisoblanadi.
Eng asosiysi, bu natijalar yoshlarimizni, ota-onalarni sportga boʻlgan munosabatini oʻzgartirdi. Koʻp yoshlarimizda “Men ham chempion boʻlaman”, degan shijoat paydo boʻldi.