Unga koʻra:
Jismoniy tarbiya va sport ishlari vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari negizida olimpiya zaxiralari kollejlari tashkil etiladi va faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab yoʻlga qoʻyiladi.
Undagi taʼlim ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1. umumiy oʻrta taʼlim — 7-9 sinflar;
2. oʻrta professional taʼlim — 9-sinfdan keyingi bir yillik taʼlim.
Olimpiya zaxiralari kollejining asosiy faoliyati jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar hamda sportning olimpiya turlari boʻyicha terma jamoalarni shakllantirish uchun sport zaxirasini tayyorlashga yoʻnaltiriladi.
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab olimpiya zaxiralari kollejlarining oʻrta professional taʼlim bosqichida futbol boʻlimlari tashkil etiladi va ularda futbol boʻyicha mutaxassislar (sportchilardan tashqari) tayyorlanadi.
Qaror bilan, shuningdek:
- Olimpiya zaxiralari kollejlari toʻgʻrisidagi nizom;
- Olimpiya zaxiralari kollejiga oʻquvchilarni qabul qilish, attestatsiyaldan oʻtkazish va ularning oʻqishini koʻchirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
- Olimpiya zaxiralari kollejlarida oziq-ovqat bilan taʼminlash harajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom kabilar ham tasdiqlandi.