Ushbu xalqaro musobaqada 22ta davlatdan tashrif buyurgan 363 nafar chavandoz ishtirok etdi. Musobaqaning dastlabki kunida ot sporti boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, yosh va isteʼdodli chavandoz Abdurahmon Abdullayev “Dukato” laqabli otida balandligi 140 sm boʻlgan toʻsiqlardan sakrash musobaqasida eng yuqori natija koʻrsatib, 1-oʻrinni egalladi, deya xabar beradi Turizm va sport vazirligi axborot xizmati.

Musobaqaning ikkinchi kuni ham mohir chavandozimiz Abdurahmon Abdullayev uchun omadli keldi. U “Goforit” laqabli otida eng yaxshi natijalardan birini qayd etib, bu safar faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.