Olis hududlarda oʻquvchilar uchun bepul avtobus qatnovi tashkil etilishi mumkin

    2025-yil sentyabrgacha Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi 100 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabida olis hududlardan qatnaydigan oʻquvchilarni avtobuslar bilan maktabga qatnovini autsorsing asosida tashkil etish.

    Bu haqda muhokamaga qoʻyilgan 2025-yilga moʻljallangan davlat dasturi loyihasida nazarda tutilmoqda.

    Avtobuslar faoliyati autsorsing asosida tashkil etiladi. Bu uchun mablagʻ mahalliy byudjet parametrlarida taʼlim sohasi uchun ajratilgan pullar doirasida ajratiladi.

    Ushbu avtobuslarni tashkil etishga Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi masʼul etib tayinlangan.