Bugun O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov hamda Mo'ynoq tumani hokimi E.Edenbaev o'rtasida amaliy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Mo'ynoq tumanida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi, deya xabar bermoqda federatsiya axborot xizmati.

Uchrashuv davomida, shuningdek, tumanda qurilishi rejalashtirilayotgan "Iste'molchilar uyi" ma'muriy kompleksining loyihasi yuzasidan ham fikr almashildi. Mazkur ma'muriy kompleksda "Iste'molchi kutubxonasi" va "Iste'molchi qabulxonasi" ish yuritishi bilan bir vaqtda yigit-qizlarga milliy hunarmandchilikni o'rgatuvchi "Hunarmand yoshlar" o'quv markazi ham faoliyat ko'rsatadi.