"Oʻzbekistondagi islohotlar nafaqat barqaror iqtisodiy oʻsish nuqtayi nazaridan ijobiy taʼsir koʻrsatdi, balki turli tarmoqlarni modernizatsiya qilishga ham turtki boʻldi», degan Oliver Besht.
Shuningdek, u oʻz nutqida "Bugun Oʻzbekiston puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi bilan mashhur boʻlib, uning samaradorligi turli soha va tarmoqlardagi kompaniyalar eʼtiborini tortmoqda. Aytishim kerakki, bu yerda imkoniyatlardan koʻra koʻproq – soʻnggi yillarda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar iqtisodiyotni dunyoga ochish va uni xorijiy investorlar uchun yanada jozibador qilish imkonini berdi. Bu islohotlar iqtisodiyotning barqaror oʻsish surʼatlarini taʼminlashda nafaqat ijobiy samara berdi, balki sanoatning turli tarmoqlarini modernizatsiya qilishga ham turtki boʻldi.
Boshqacha aytganda, Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning mavjud salohiyati ikki mamlakat aholisi manfaatlaridan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotning barcha muhim tarmoqlarini qamrab olishi mumkin.
Bizning maqsadimiz – saʼy-harakatlarni birlashtirish va yangi loyihalar yaratish, biznesni yanada rivojlantirish masalasiga konstruktiv yechim topishga qaratilgan muloqotni ragʻbatlantirishdir”, deya Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi ishbilarmonlik muhitiga yuqori baho bergan.