Oliy diniy taʼlim muassasalarida quyidagicha qabul imtihonlari oʻtkaziladi:
Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasida.
1-blok “Fiqh va aqoid” fani test sinovi, 30 ta savol, har bir toʻgʻri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball;
2-blok “Oʻzbekiston tarixi” fani test sinovi, 30 ta savol, har bir toʻgʻri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball.
Hadis ilmi maktabida.
1-blok “Hadis va mustalahul hadis” ijodiy imtihon, jami 96 ball;
2-blok “Oʻzbekiston tarixi” fani test sinovi, 30 ta savol, har bir toʻgʻri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball.
Oliy diniy taʼlim muassasalarining qabul imtihonlari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin tartiblari yumshatilgandan soʻng sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etilgan holda oʻtkaziladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalarida qabul imtihonlari 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab Davlat test markazi tomonidan katta sigʻimli binolarda oʻtkazish amaliyoti joriy qilingan.
Oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalarida 2020-2021 oʻquv yili uchun ham qabul imtihonlari Davlat test markazi tomonidan oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Test sinovlari Davlat test markazi bayonotida aytib oʻtilganidek, katta sigʻimli binolarda videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etilgan holda oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.
Oliy va oʻrta maxsus diniy taʼlim muassasalarida qabul imtihonlarini oʻtkazish vaqti boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
diniy-maʼrifiy taʼlim muassasalari
bilan ishlash boʻlimi