Qonun bilan parlament va mahalliy Kengashlar faoliyatiga oid bir qator qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritildi.
Jumladan, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartishga koʻra, Oliy Majlis palatalari Hukumat aʼzolaridan tashqari, endilikda xoʻjalik boshqaruv organlari rahbarlarining faoliyatiga doir masalalar yuzasidan ularning axborotlarini eshitish vakolati belgilandi.
Shu bilan birga Qonunda, Parlament tekshiruvlari Oliy Majlisi palatalarining nafaqat qoʻshma qarorlari, balki, alohida qarorlari asosida ham oʻtkazilishi mumkinligi koʻzda tutildi.
Shuningdek, kiritilgan oʻzgartishlarga asosan aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan parlament va senator soʻrovlari kimning nomiga yuborilgan boʻlsa oʻsha mansabdor shaxs yoki uning vazifasini bajarishi yuklatilgan shaxs tomonidan javob beriladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.