Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida”gi farmonini tasdiqlash masalasi koʻrib chiqildi.
Qayd etilganidek, mazkur hujjatga muvofiq, Prezidentimizning 2022-yil 2-iyuldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida”gi farmoni bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joriy etilgan favqulodda holatning amal qilishi 2022-yil 21-iyul kuni soat 05:00 dan boshlab muddatidan avval tugatilishi belgilanmoqda.Majlisda Oliy Majlis palatalarining ushbu farmonni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qoʻshma qarori qabul qilindi.
Shu bilan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisi oʻz ishini yakunladi.