Mazkur fojia barchaning qalbini larzaga keltirdi.
Ushbu mudhish hodisada jabr koʻrgan Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Rossiya va Qozogʻiston fuqarolarining oila aʼzolariga, yaqinlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, parlamenti va hukumati chuqur taʼziyasini bildirdi.
Jumladan, bugun Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Ozarbayjonning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasiga tashrif buyurib, elchi va u orqali butun qardosh Ozarbayjon xalqiga hamdardligini bildirdi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Avvalroq mazkur halokat munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva parlament yuqori palatasi nomidan halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, talofatdan jabrlanganlarning barchasiga tez orada sogʻayib ketishni tilab, Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi Raisi Saxiba Gafarovaga xat yoʻllagan edi.