Unda Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, Moliya vazirliklari, Respublika ma’naviyat va ma'rifat markazi, mas’ul xodimlari va ishchi guruhi a’zolari ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, Prezidentimiz rahbarligida joriy yilning 26-fevralda o‘tkazilgan xotin-qizlar muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda davlat organlarining mas’uliyatini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishida Oliy Majlis Senatiga mutasaddi vazirlik va idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda davlatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab «O‘zbekistonning ma’rifatparvar ayollari» nomli kitob albomni o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlash bo‘yicha vazifalar berilgan edi. Kitobda milliy davlatchiligimiz tarixida va xalqimiz orasida ma'rifat tarqatishda munosib iz qoldirgan hamda bugungi kun qahramonlari haqida ma’lumotlar jamlanadi.
«O‘zbekistonning ma’rifatparvar ayollari» nomli kitob-albom nashri bu avvalo mamlakatimizda ayolga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtirom, oilaga, jamiyat kelajagiga, Vatan taqdiriga bo‘lgan cheksiz e’tibor ifodasidir.
Ishchi guruh yig‘ilishi qizg‘in muhokamalarga boy bo‘ldi.
Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M.Kadirxanova va boshqa so‘zga chiqqan ishtirokchilar tayyorlanayotgan kitob-albomning salmog‘i, darajasi juda yuqori darajada bo‘lishi, unga milliy davlatchiligimiz tarixida va xalqimiz orasida ma’rifat tarqatishda munosib iz qoldirgan hamda bugungi kun qaxramonlari bo‘lgan ayollarni kiritish, ular haqida eng sara ma’lumotlarni topish va joylashtirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar, deb xabar beradi O‘zbekiston Respubliksi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.