Unda Senat, hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashyapti.
Yalpi majlisni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib boryapti.
Yalpi majlisda koʻrib chiqiladigan masalalarni Senatning YouTube tarmogʻidagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.