Qayd etilishicha, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Oziq-ovqat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi, “Mikromoliyalashtirish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi hamda “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlar ko'riladi.
Navbatdagi yalpi majlisda “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi qonunlar ham muhokama qilinadi.
Shuningdek, senatorlar jonli ijro sanʼatini yanada rivojlantirish, voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish, shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish hamda alkogol va tamaki bozorini tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan bir qator qonunlarni ham koʻrib chiqishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida"gi, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qonunlar ham yalpi majlis kun tartibidan oʻrin olgan.
Shu bilan birga “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi Shartnomani (Dushanbe, 2024-yil 18-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi, “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida”gi qonunlar hamda Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqiladi.