Bundan maqsad – yaqin yillarda oliy maʼlumotli hamshiralarning ulushini 10 foizga yetkazish.
Oliy maʼlumotga ega, shifokor bilan yonma-yon turadigan bunday hamshiralarning mehnati munosib ragʻbatlantiriladi. Kelgusi yildan oliy maʼlumotli hamshiralarning maoshiga 100 foiz ustama beriladi.
Ayni paytda oʻrta maʼlumotli hamshiralarni tayyorlash tizimi ham oʻzgartiriladi.
Bu borada Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralarni tayyorlash boshlandi. Buning davomi sifatida Germaniya, Shveytsariya, AQSH kabi davlatlarning taʼlim dasturlari olib kiriladi.
Shular orqali xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralarning korpusi shakllantiriladi.