Olimpiya va paralimpiya sport turlariboʻyicha yuqori malakali hamda zamonaviy bilimva texnologiyalarni oʻzlashtirgan trener, hakam, seleksioner va boshqa mutaxassislarnitayyorlash maqsadida, shuningdek, OʻzbekistonRespublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Sport taʼlimi tizimini tubdantakomillashtirish orqali olimpiya vaparalimpiya sport turlari boʻyicha sportchilarzaxirasini shakllantirish sifatini yanadaoshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–5279-son qaroriga muvofiq:

1. Quyidagilar:

professional taʼlim tizimini tamomlaganbitiruvchilar uchun oʻqish davomiyligi uch yilhisoblanadigan davlat oliy taʼlim muassasasishaklidagi ixtisoslashtirilgan Oliy sport mahorati instituti (keyingi oʻrinlarda – Institut) tashkil qilinganligi;

Institutga olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoa aʼzosiboʻlgan yoshlarni ularning sport natijalarigaqarab hamda seleksiya boʻyicha davlat grantiasosida oʻqishga qabul qilish belgilanganligimaʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Institutning asosiy vazifalari etibquyidagilar belgilansin:

taʼlimning zamonaviy innovatsiontexnologiyalarini joriy qilgan holda va ilgʻorxorijiy tajribani inobatga olib jismoniytarbiya
va sport sohasida yuqori malakali kadrlarnitayyorlash, jumladan, Xalqaro toifadagiOʻzbekiston sport ustasi hamda Oʻzbekistonsport ustasi, shuningdek, Oʻzbekiston sport ustaligiga nomzod sportchilarni tayyorlash;

jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlartayyorlash tizimini takomillashtirish vamodernizatsiya qilishga qaratilgan yangi taʼlimdasturlarini hamda oʻquv mashgʻulotlarininginnovatsion shakllarini ishlab chiqish vajoriy etish;

talabalarning kasbiy moyilligi, mahorativa koʻnikmalarini chuqur rivojlantirish;

talabalarning respublika va xalqaromusobaqalarda ishtirokini taʼminlash, buborada sport zaxirasi va milliy terma jamoalar tarkibini shakllantirishdaishtirok etish;

sport sohasiga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va ilmiyishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilish;

taʼlim va ilmiy faoliyatning ishlabchiqarish bilan uzviy integratsiyalashuvi uchunshart-sharoitlar yaratish;

istiqbolli bitiruvchi sportchilarni chet el sport va ilmiy-tadqiqot muassasalariga oʻqishgayuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish;

zamonaviy taʼlim texnologiyalarigaasoslangan oʻquv jarayonlarini joriy qilishboʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni tatbiqetish, jismoniy tarbiya va sport sohasi uchunkadrlar tayyorlash tizimi hamda ochiq axborot-taʼlim muhitini rivojlantirishgakoʻmaklashish.

3. Belgilansinki:

Institutda oʻquv jarayoni 2023/2024 oʻquvyilidan boshlanadi;

Institutga talabalarni qabul qilishOlimpiya va Paralimpiya kollejlaribitiruvchilarining sport natijalari (qoidatariqasida aʼlo va yaxshi baholarga ega boʻlganiqtidorli oʻquvchi-sportchilar orasidan) asosidaamalga oshiriladi;

Institutga talabalarni qabul qilishshaffof va ochiq tanlov asosida oʻtkaziladi;

Institutga talabalarni qabul qilishparametrlari Oʻzbekiston Respublikasitaʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishboʻyicha davlat komissiyasi tomonidanbelgilanadi;

Institutga talabalarni qabul qilishparametrlari davlat buyurtmasi sifatida harbir sport turining xususiyatidan (vazntoifasi, sportchilar soni, shu jumladan, sportchi-ayollar soni, jamoaviy sport turlariboʻyicha tegishli sport turida ishtirok etadigansportchilar soni va boshqalar) kelib chiqib, hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlashva saralash (seleksiya) maxsus sport tiziminiboshqarish platformasida shakllanganOlimpiya va Paralimpiya kollejlaribitiruvchilarining sport natijalari asosidashakllantiriladi;

Institut bitiruvchilariga tanlangan sport turi boʻyicha “trener”, “hakam”, “seleksioner” va boshqa mutaxassisliklar beriladi;

Institut bitiruvchilariga OʻzbekistonRespublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagihujjat sifatida tan olinadigan davlatnamunasidagi diplom beriladi;

Institut talabalari sport va ommaviyjismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq oʻtkaziladigan respublika musobaqalarida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtiroketadi;

Institut talabalarini yashash uchunjihozlar, sutkalik oziq-ovqat normasi bilantaʼminlashda Olimpiya va Paralimpiyakollejlarining normativlari tatbiq etiladi;

Institut Sportni rivojlantirishvazirligi tizimiga kiradi.

4. Quyidagilar Institut faoliyatinimoliyalashtirishning manbalari etibbelgilansin:

Davlat byudjeti mablagʻlari;

xoʻjalik faoliyati boʻyicha va shartnomaasosida koʻrsatilgan xizmatlardan tushumlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylikxayriyalari;

xalqaro moliya institutlari va xorijiytashkilotlarning grantlari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmaganboshqa manbalar.

5. Institutga quyidagi huquqlar berilsin:

taʼlim jarayonining oʻziga xosxususiyatlarini inobatga olgan
holda oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarinimustaqil ishlab chiqish
va tasdiqlash;

oʻquv rejalaridagi nazariy taʼlim ulushiniqisqartirish hisobiga amaliy mashgʻulotlarhajmini oshirish;

professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamasinimustaqil meʼyorlashtirish, shuningdek, trenerlarva pedagog xodimlar tomonidan oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishini, “ustoz-shogird” anʼanalari joriyqilinishini ragʻbatlantirib borish.

6. Oliy sport mahorati institutifaoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimchachora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiqtasdiqlansin.

7. Sportni rivojlantirish vazirligi(A.Ikramov) 2023/2024 oʻquv yiliga qadar:

Institut ustavini belgilangan tartibdatasdiqlasin va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishchoralarini koʻrsin;

Institut tuzilmasini oliy taʼlimmuassasalari uchun belgilangan normativlargamuvofiq tasdiqlasin;

Institutning boʻlimlari, fakultetlari vakafedralari shakllantirilishini, uning taʼlimtizimi hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida zamonaviy bilimlarga, shuningdek, amaliy ish tajribasiga ega yuqori malakalimutaxassislar, jumladan, xorijiymutaxassislar bilan toʻldirilishini, oʻqituvchilar, trenerlar va mutaxassislarningprofessional koʻnikmalari va bilimdarajalarini uzluksiz oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin;

zarur oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari, oʻquv-metodik materiallar va qoʻllanmalarishlab chiqilishini taʼminlasin;

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilanbirgalikda Olimpiya va Paralimpiyakollejlarida tayyorlanadigan kasblar(mutaxassisliklar)ning malaka talabi va oʻquvrejalarini professional standartlar asosidatakomillashtirsin.

8. Sportni rivojlantirish vazirligiOʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi vaOʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilanbirgalikda:

Institut talabalarining sport tayyorgarlikmashgʻulotlarini yuqori darajada tashkil etishmaqsadida sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar bosh trenerlarini Institutningoʻquv-mashq jarayonlariga jalb qilish;

Institut talabalarini sport va ommaviyjismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq yil davomida uzluksizoʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga jalb etish hamdaxalqaro musobaqalarda ishtirokinitaʼminlash choralarini koʻrsin.

9. Institut tuzilmasida yuridik shaxsmaqomiga ega boʻlmagan:

Axborot-resurs markazi;

Tibbiyot boʻlimi tashkil qilinsin.

Sportni rivojlantirish vazirligi:

a) 2023/2024 oʻquv yiliga qadar Axborot-resurs markazining mahalliy hamda xorijiyoʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar, darsliklarhamda oʻquv qoʻllanmalari bilan toʻldirilishinitaʼminlasin;

b) Sogʻliqni saqlash vazirligi bilanbirgalikda:

2023/2024 oʻquv yiliga qadar Institutningtibbiyot boʻlimini malakali mutaxassislarbilan toʻldirsin;

Institutning musobaqalarga tayyorgarlik vamusobaqalar davrida katta jismoniy yuklamaostida harakat qiladigan sportchi-talabalarinitezkorlik bilan tiklab olish uchun farmakologikkoʻmak berish maqsadida 2023-yildan boshlab haryili dekabr oyiga qadar zarur dorivositalari bilan taʼminlash boʻyicha Moliyavazirligiga asoslantirilgan hisob-kitoblarnitaqdim etsin.

10. Sportni rivojlantirish vazirligi hamdaSamarqand viloyati hokimligining InstitutniSamarqand shahri, Ibn Sino koʻchasi, 17a-uy manzili boʻyicha joylashtirish haqidagitaklifiga rozilik berilsin.

11. Moliya vazirligi (T.Ishmetov) Institut faoliyatini saqlash bilan bogʻliq zarurmablagʻlarning 2023-yildan boshlab Davlatbyudjeti parametrlarida nazarda tutilishinitaʼminlasin.

12. Sportni rivojlantirish vazirligimanfaatdor vazirlik
va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatdaqonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelibchiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidaVazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

13. Mazkur qarorning ijrosini samaralitashkil qilishga masʼul
va shaxsiy javobgar etib sportnirivojlantirish vaziri A.I. Ikramov, sportnirivojlantirish vazirining maslahatchisi A.K. Karimov
va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimovbelgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatinimuvofiqlashtirish va nazorat qilish OʻzbekistonRespublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov hamdaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentiningmaslahatchisi A.A.Abduvaxitov zimmasigayuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2022-yil 6-iyun