Oliy sud 6 nafar fuqaroni aybsiz deb topdi

    Joriy yilning boshidan buyon Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan 6 nafar shaxs Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasiga asosan aybsiz, deb topilib, reabilitasiya qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi. 

    Takroran kassasiya instansiyasining 11 yanvardagi ajrimi bilan xorazmlik Nodirbek Atadjanov;

    apellyasiya instansiyasining 13 yanvardagi hukmi bilan toshkentlik Shahzod Maxmudov;

    kassasiya instansiyasining 25 yanvardagi ajrimi bilan samarqandlik Azzam Isakov;

    takroran kassasiya instansiyasining 30 yanvardagi ajrimi bilan xorazmlik Sherzod Sultanov;

    apellyasiya instansiyasining 2 fevraldagi ajrimi bilan Toshkent viloyatidan Sherzod Bobojanov va Xayrullo Dadayev oqlanib, ularga oid jinoyat ishlari yurituvdan tugatilgan.

    Oqlangan shaxslarning barchasiga mulkiy ziyonni qoplash hamda ma’naviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan Jinoyat-prosessual kodeksining 304-313-moddalari tartibida sudga murojaat etish huquqlari tushuntirilgan.