Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqildi.
Oliy Majlis Senatining tegishli qaroriga asosan Shamsiddin Mamarejabovich Tojiyev boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.








