Oliy Majlis Senatining mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qaroriga muvofiq, Malikaxon Kalandarova sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga, shundan besh yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari – sudlov hayʼati raisi etib saylandi.
Shuningdek, Abrorxon Akramov, Djaxangir Djurayev, Nosir Zaynabidinov, Mansurbek Kurbanov, Jamoladdin Kuryazov, Uktam Mamadiyev, Shuhrat Mullajanov, Umida Nishonova va Odiljon Turdiyev oʻn yillik muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.
Boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan O.Ismailov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari – sudlov hayʼati raisi lavozimidan, T.Mirzayev, M. Eshimbetov, B. Ergashev, shuningdek, oʻz arizasiga binoan A.Bekmanov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.