Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov maʼlum qildi.
Buzgʻunchilik va vayronakorlikni targʻib qiluvchi manba va materiallarni sud tartibida taqiqlash amaliyoti xorijiy davlatlarda ham keng qoʻllaniladi.
Shuningdek, diniy aqidaparastlik, ekstremistik va terroristik mazmundagi materiallar joylashtirilgan internet nashrlar, kanallar, sahifalar, profillarni aniqlash va ularning faoliyatiga chek qoʻyish yuzasidan masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan mexanizm asosida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Taʼkidlash joizki, bunday jinoiy qilmishlarga nisbatan amaldagi qonunchilikda qatʼiy javobgarlik belgilab qoʻyilgan.
Yosh avlodni yot gʻoya, turli xil buzgʻunchi oqimlar taʼsiriga tushib qolishdan asrash maqsadida jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va qonun ustuvorligini taʼminlash talab etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2019-2024-yillarda internet jahon tarmogʻidagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbaa va kontentlar (materiallar) roʻyxati eʼlon qilindi.