Oliy Majlis Senatining 52-yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish masalasi ham koʻrib chiqildi va Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Unga asosan:

  • Jumanazar Ergashev oʻn yillik muddatga,
  • Maʼmurjon Kadirov muddatsiz davrga,
  • Dilshod Rajabov muddatsiz davrga,
  • Nosirjon Rasulov oʻn yillik muddatga,
  • Burxon Turdiyev oʻn yillik muddatga,
  • Asqarali Ummataliyev oʻn yillik muddatga,
  • Gulnafis Xudayberdiyeva oʻn yillik muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.