2021-yil 10-may kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida sudlanuvchilar
M. Xolmatov (“Oʻztemiryoʻlqurilishmontaj” UK bosh direktorining oʻrinbosari – Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi boshligʻi lavozimida ishlagan),
S. Rudnev (“UzGIP” MCHJ Istiqbolli loyihalarni rejalashtirish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan),
S. Abdunazarov (“Sirdaryo suv qurilish invest” DUK rahbari lavozimida ishlagan),
B. Asadov (“TOʻPALANG HDP IRRIGATION SYSTEMS” (sobiq “Toʻpalang Sherobod” SHK) UK rahbari lavozimida ishlagan),
L. Tojiddinov (“TOʻPALANG HDP IRRIGATION SYSTEMS” (sobiq “Toʻpalang Sherobod” SHK) UK ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan),
K. Roʻziyev (“TOʻPALANG HDP WATER CONSTRUCTION” (sobiq “Rezaksoy suv qurilish”) UK direktori lavozimida ishlagan),
A. Shukurov (“TOʻPALANG HDP WATER CONSTRUCTION” (sobiq “Rezaksoy suv qurilish”) UK ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan),
I. Kattabekov (“Omad dubl” MCHJ rahbari lavozimida ishlagan),
Oʻ. Xamrayev (“Omad dubl” MCHJ bosh muhandisi lavozimida ishlagan),
Sh. Mamirov (“Omad dubl” MCHJ ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan),
S. Muroduloyev (“Sariosiyo qurilish” MCHJ direktori lavozimida ishlagan),
A. Murodullayev (“Sariosiyo qurilish” MCHJ direktori oʻrinbosari lavozimida ishlagan),
F. Maxmudov (“Trans servis kompleks” MCHJ direktori lavozimida ishlagan),
Z. Jabborov (“Trans servis kompleks” MCHJ direktori oʻrinbosari lavozimida ishlagan),
Sh. Kuchkarov (Suv xoʻjaligi vazirligi Suv resurslari vasuvdan foydalanish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan),
F. Danaboyev (“Sardoba” suv ombori obyektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi boshligʻi lavozimida ishlagan) va
S. Kaxxorov (“Sardoba” suv ombori obyektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi bosh muhandisi lavozimida ishlagan) ga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi bevosita davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda koʻrib chiqildi.
Eʼlon qilingan sud hukmiga koʻra,
M. Xolmatov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi (togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.
S. Rudnev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda oʻtash belgilandi.
S. Abdunazarov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda oʻtash belgilandi.
B. Asadov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda oʻtash belgilandi.
L. Tojiddinov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 70 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, oʻtash uchun 125 225 000 soʻm jarima jazosi qoldirildi.
K. Roʻziyev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 296 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, oʻtash uchun 97 540 000 soʻm jarima jazosi qoldirildi.
A. Shukurov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 70 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, oʻtash uchun 125 225 000 soʻm jarima jazosi qoldirildi.
I. Kattabekov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazolari tayinlandi.
Oʻ. Xamrayev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazosi tayinlandi.
Sh. Mamirov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazosi tayinlandi.
S. Muroduloyev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazosi tayinlandi.
A. Murodullayev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazosi tayinlandi.
F. Maxmudov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazosi tayinlandi.
Z. Jabborov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazosi tayinlandi.
Sh. Kuchkarov Jinoyat kodeksining 203-moddasi (suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida 22 300 000 soʻm jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 126 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, oʻtash 6 865 000 soʻm jarima jazosi qoldirildi.
F. Danaboyev Jinoyat kodeksining 203-moddasi va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda oʻtash belgilandi.
S. Kaxxorov Jinoyat kodeksining 203-moddasi va 207-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Shuningdek, sudlanuvchilardan oʻzlashtirish va rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish oqibatida hamda “Sardoba” suv ombori oʻpirilishi natijasida yetkazilgan zararlarni undirish choralari belgilandi.
Mazkur jinoiy ish boʻyicha sudga raislik qiluvchi tomonidan jabrlanuvchilarning qonuniy vakillari va fuqaroviy daʼvogarlarga jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni undirish masalasida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat qilish huquqi mavjudligi hamda sudlanuvchilar va boshqa tomonlarga ushbu hukm ustidan shikoyat qilishning qonunda belgilangan tartibi va muddati tushuntirildi.