Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 5-maydagi buyrugʻi bilan Hamzaxoʻja Tursunxoʻjayevich Abdurahmonov Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Hamzaxoʻja Abdurahmonov 1975-yil Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 1997-yilda Fargʻona davlat universitetini, 2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini va 2013-yilda Ispaniya davlatining Santyago-de-Kompostela universitetini tamomlagan.
Iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Maʼlumot uchun, Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi Vazirlik faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi meʼyoriy huquqiy hujjatlar, xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etish, korrupsiya xavf-xatarlarini oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida profilaktik tarzda xabar berish uchun masʼuldir.