Olmaliq avtoshohbekati foydalanishga topshirildi

    Tadbirkorlik subyektining 4.5 mlrd soʻm mablagʻlari hisobiga zamonaviy koʻrinishga keltirilgan avtoshohbekatda aholi va haydovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan boʻlib, ona bola xonasi, tibbiyot xonasi zarur jihozlar bilan jihozlangan.

    Bugun, 10-noyabr kuni rekonstruksiyadan chiqarilib, yangicha qiyofa kasb etgan Olmaliq shahar avtoshohbekatining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi.

    Tadbirda transport vazirining birinchi oʻrinbosari, shahar prokurori, viloyat transport boshqarmasi mutasaddilari, nuroniylar hamda shahar faollari ishtirok etdi.

    Tadbirkorlik subyektining 4.5 mlrd soʻm mablagʻlari hisobiga zamonaviy koʻrinishga keltirilgan avtoshohbekatda aholi va haydovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan boʻlib, ona bola xonasi, tibbiyot xonasi zarur jihozlar bilan jihozlangan.

    Qayta rekonstruksiyadan soʻng avtoshohbekatda kunlik 120-130 ta engil va 18-20 ta avtobusga hamda 900-1000 nafar yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratildi.