Ular oldindan til biriktirib, “SAMS” rusumli yuk avtomashinasida “Olmaliq KMK” Sanoat chiqindilarini saqlash hududiga kirib, ekskavator yordamida yuk mashinasiga 45 tonna 360 kilogramm miqdorida boʻlgan temir tarkibli qoʻshimcha mahsulotlarini yuklashadi.

Jinoiy guruh uchastka hududidan chiqib ketayotgan vaqtlarida IIB xodimlari tomonidan ushlangan va ulardan umumiy narxi 7.944.804 soʻmlik temir tarkibli qoʻshimcha mahsulot ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi IIV TQHB 1-son IIB Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti