Olmaliq shahrida, OKMK AJ homiyligida toʻliq taʼmirlangan Olmaliq shahar tumanlararo perinatal markazi tantanali tarzda foydalanishga topshirildi.
Tibbiy muassasaning ochilish marosimida Oliy Majlis deputatlari, viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari, OKMK rahbariyati va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻz olgan mutasaddi rahbarlar Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy sohani qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bardavomlik kasb etishi taʼkidlanib, tugʻruq kompleksi endilikda hududiy perinatal markaziga aylantirilgani bildirildi.
Ilgargi 90 oʻringa moʻljallangan muassasa endilikda 120 oʻringa yetkazildi. Markaz toʻliq raqamlashtirilgan holda faoliyat yuritib, obyektning qurilish ishlariga 12,5 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan.
Endilikda markaz nafaqat shahrimiz ahliga, balki, Ohangaron, Nurafshon, Boʻka, Piskent va Bekobod tumanlari aholisiga ham xizmat koʻrsatadi.
Gulichehra DURDIYEVA,
"Yangi Oʻzbekiston" muxbiri