Transport vazirligining xabar berishicha, shu yilning 19-fevral kuni Transport vazirining birinchi oʻrinbosari Xitoyning “Zhongtong Bus Holdings Co., Ltd” kompaniyasi, CIB banki hamda “Sinosure” sugʻurta tashkiloti mutasaddilari bilan videokonferensiya aloqada Olmaliq, Termiz hamda Toshkent shahriga zamonaviy avtobuslarni xarid qilish loyihalari muhokama qilindi.
Muloqotda taʼkidlanishicha, Olmaliq shahriga “Olmaliq trans servise“ MCHJ tomonidan 83 dona, Termiz shahri uchun “Termiztransportxizmat“ MCHJ tomonidan 100 dona zamonaviy avtobuslarni sotib olish rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahri uchun 1000 ta “Yutong” avtobusi sotib olinishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Oradan biroz vaqt oʻtgach esa “Yutong” kompaniyasi Toshkentga 200 ta elektrobus yetkazib berish boʻyicha tenderda gʻolib chiqqandi.