Bu haqda filial matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Yer sharidagi ekologik muammolar koʻlami, iqlim oʻzgarishi, iqtisodiyotdagi global raqobat va tabiiy resurslarning cheklanganligi mavjud texnologiyalarni yangilash zaruratini taqozo etmoqda.

Bu jarayon, oʻz navbatida, innovatsion gʻoyalar orqali jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Innovatsion texnologiyalar nafaqat iqtisodiy koʻrsatkichlarni yaxshilash, balki ekologik muammolarga yechim topishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Filialda tashkil etilgan tadbirda atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim oʻzgarishlariga qarshi kurashish, chiqindilarni qayta ishlash va ularni kamaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda innovatsion ekologik qurilmalar yoʻnalishlarida ishlab chiqilgan ishlanmalar va loyihalar taqdim etildi.

Koʻrgazmada taqdim etilgan texnik prototip va namuna ishlar maxsus komissiya aʼzolari tomonidan koʻrib chiqildi. Shuningdek, “Eko_innovasion_2025” tanlovi hakamlar hayʼati tarkibida ishlab chiqarish korxonalari vakillari ham ishtirok etdi.

Natijada, uchta yoʻnalish boʻyicha eng dolzarb va samarali deb topilgan loyihalar mualliflariga mos ravishda 6 million, 4 million va 2 million soʻmlik mukofotlar taqdim etilishi belgilandi.

Gʻolib loyihalar va ularning mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumotlar keyinroq eʼlon qilinadi.