22-fevral kuni musobaqaga mezbonlik qilayotgan Olmaliq shahrida jamoalar kutib olinib, mehmonxonalarga joylashtirildi. Oʻsha kuni musobaqaga qurʼa tashlanib, oʻyinlar jadvali ishlab chiqildi. Shuningdek, trener va hakamlar, jamoa rahbarlarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Bu yilgi chempionatda jami 8ta jamoa gʻoliblik uchun bahslarga kirishdi. Quyida Oʻzbekiston chempionatining 1-davra oʻyinlarida qayd etilayotgan natijalar bilan tanishing:

23-fevral

Andijon – Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 39:19

Samarqand – Xorazm – 50:30

Toshkent shahri – Navoiy – 53:30

Oʻzbekiston terma jamoasi (U-17) – Olmaliq (OKMK) – 21:53

Oʻynlar davom etmoqda. Musobaqa 28-fevralga qadar davom etadi. 1-mart kuni erkaklar jamoalari oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatining 1-davra oʻyinlariga start beriladi.