Oʻrganish davomida Olmaliq shahrida joylashgan “Olmaliq gʻishtchi” MCHJga qarashli gʻisht ishlab chiqarish zavodi gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan joriy yilning 29-noyabr kuni gaz tarmogʻidan ajratilganiga qaramasdan, oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa noqonuniy ulanib tabiiy gazdan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Korxona tomonidan noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmi 118 ming kub metrni tashkil etadi.
Ushbu hajmdagi tabiiy gaz 5 000ga yaqin hovli xonadonning kuz-qish mavsumida 1 (bir) kunlik isteʼmolini tashkil qiladi.
Holat yuzasidan barcha hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun Olmaliq shahar prokuraturasiga topshirildi. Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.