Ta'kidlanishicha, Olmaliq shahridagi shinam xonadonga ko'chib o'tgan urush faxriysi Abdurahim otaga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrik maktubi o'qib eshittirildi hamda “G'alabaning 75 yilligiga“ esdalik medali, 10 million so'm pul mukofoti topshirildi.
Ma'lum qilinishicha, bundan 2 oy avval Abdurahim ota o'zi istiqomat qilayotgan hudud shahardan uzoqroqda, chekka hududda bo'lganligi sababli, kommunikatsiyadan qiynalayotganini, iloji bo'lsa, shahar markazidan uy ajratishini so'rab, viloyat hokimiga murojaat qilgan edi. Otaxonning bu murojaati inobatga olinib, Toshkent viloyati hokimi R. Xolmatovning topshirig'iga ko'ra, Olmaliq shahri markazidan 1 xonali xonadon jihozlangan holda ajratildi.
Abdurahim otaga uyning kalitini viloyat hokimining o'rinbosarlari Ilhom Xudoyberganov va Akmal Umaraliev hamda Olmaliq shahri hokimi Usmon Rahimov tantanali ravishda topshirdi.