Olmaota shahrida ota-ona qaramogʻisiz qolgan besh nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi

    Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi xodimlari Qozogʻiston hududida qarovsiz qolgan besh nafar voyaga yetmagan hamyurtlarimizning Oʻzbekistonga qaytishiga koʻmaklashdi.

    Bu haqda "Dunyo" AA deb xabar qilmoqda.

    Diplomatlar Qiyin hayotiy vaziyatda boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash markazi va Olmaota shahar taʼlim boshqarmasi vakillari bilan birgalikda voyaga yetmagan bolalarni oʻz vatanlariga qaytarish uchun barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirdi.

    Shuningdek, bolalar yaqin qarindoshlariga topshirilishi uchun Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimlari hamrohligida yurtimizga kuzatib qoʻyildi.