Tadbirda BMT IO‘DK 28-tomonlar konferensiyasiga (OP 28) tayyorgarlikning asosiy tendensiyalari va global jarayonlari bilan tanishish, shuningdek, OP 28 da Markaziy Osiyo davlatlarining yagona pavilonini birgalikda tayyorlash va tashkil etish bo‘yicha mamlakatlar pozitsiyasini ishlab chiqish masalalari muhokama etilyapti.

Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari mintaqaning iqlim o‘zgarishiga zaifligini va mintaqa davlatlarining iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va barqaror rivojlanishni ta’minlashda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash niyatini qayd etdi, deb xabar beradi Ekologiya, atrof–muhitni muxofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati.

Ta’kidlash joizki, Markaziy Osiyo davlatlarining Mintaqaviy bayonoti taqdimoti mintaqa muammolarini tushunishga yordam beradi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va uning oqibatlariga moslashish bo‘yicha muloqotni mustahkamlashda mintaqa davlatlarining birligini jahon hamjamiyatiga namoyish etadi. Qolaversa, Parij kelishuvi maqsadlariga erishish, mintaqa mamlakatlariga iqlim bo‘yicha moliya va investitsiyalarni jalb etadi.