Olmaotada yoʻlovchi avtobus doʻkonga borib urildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaotada yoʻlovchilarni olib ketayotgan avtobus boshqaruvni yoʻqotib doʻkonga borib urilgani boʻyicha video xabarlar tarqaldi.

    Qayd etilishicha, «Kia» rusumli avtomashina haydovchisi Maqatayev koʻchasidan oʻtib ketayotib, «City-Bus» MCHJ xizmat koʻrsatayotgan 18 yoʻnalishdagi avtobus bilan toʻqnashib ketdi. Natijada yoʻlovchilarni olib ketayotgan avtobus yoʻl chetidagi doʻkonga borib urilgan.

    Bu haqda Olmaota politsiya departamenti matbuot xizmati maʼlumot berdi.

    Maʼlumotlarga koʻra, yoʻl transport hodisasi oqibatida 16 nafar yoʻlovchi turli darajada tan-jarohati olgan va bir nafari voqea joyida vafot etdi.

    Hodisa yuzasidan tegishli ekspertiza tayinlandi va jinoiy ish ochildi.

    Eslatib oʻtamiz, 2023-yilning 22dekabrm oqshomida Olmaotada xuddi shunday baxtsiz hodisa yuz bergan edi. Raiybek shoh koʻchasida boshqaruvdan chiqib ketgan 47 yoʻnalishdagi avtobus bekatdagi olomon ustiga harakatlangan. Hodisa oqibatida toʻrt kishi turli darajada tan-jarohati olgan va uch kishi halok boʻlgandi.