2022-yil 16-dekabr kuni soat 06:30 larda Olmazor tumani Toshkent xalqa avtomobil yoʻli Zamona toʻyxonasi qarshisida haydovchilar:
1) 1983-yilda tugʻilgan U.U. boshqaruvidagi “Gazel” rusumli yoʻlovchi tashuvchi transport vositasi;
2) 1995-yilda tugʻilgan A.E. boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositalari ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
Yoʻl transport hodisasi natijasida “Damas” rusumli transport vositasi haydovchisi A.E. tan jarohat olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.