Mazkur yo'l-transport hodisasi aslida qanday sodir etilgan

10 avgust taxminan soat 00.46 da Olmazor tumanidagi Sag'bon ko'chasida 46 yoshli SHerzod ismli haydovchi boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomobili (davlat raqami 01 N 317 VA) ikkita avtomobilga to'qnashgan.

Ulardan biri, Lacetti (davlat raqami 01 A 493 KV) rusumli avtomobili bo'lib, shu vaqtda YHXB xodimi tomonidan to'xtatilgan va Lacetti haydovchisi bilan suhbatlashib turgan.

Ikkinchisi esa, yo'l chetida turgan «Matiz» rusumli avtomobil` bo'lgan.
YTH natijasida «Lacetti» avtomobili yonida turgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori kichik serjant SH. G'ulomnazarov, hamda «Nexia» haydovchisi olingan jarohatlari tufayli shifoxonaga etkazilgan.

Hujjatlar qonuniy chora ko'rilishi uchun Olmazor tumani prokuraturasiga etkazildi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.