Bu haqda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, umumiy maydoni 0,16 gektarni tashkil qiluvchi zamonaviy energoinshootning umumiy loyiha qiymati 45,7 mlrd soʻmga teng boʻlib, u “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan Turkiyaning “Iltekno” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, qurilish maydonida bir vaqtning oʻzida mahalliy va xorijiy tashkilotlarning 50 nafarga yaqin ishchi-xodimlari va 4 ta maxsus texnika ish olib bormoqda.
Loyiha ishga tushirilishi orqali yiliga 8 mln kVt·soat elektr energiyasi hamda 52 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi.
Ayni kunlarda loyihaning poydevor ishlari yakunlanib, asosiy qurilmalarni oʻrnatishga tayyorlanmoqda. Bu yerda Germaniyadan keltirilgan gaz-porshen qurilmasi hamda ikkita “Bosch” qozonlari oʻrnatiladi. Zamonaviy usulda qurilayotgan energoqurilmada ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi aholi xonadonlariga yopiq tizim orqali yetkazib berilishi tufayli yoʻqotishlar umuman kuzatilmaydi.
Loyiha joriy yilning oxirigacha ishga tushirilishi rejalashtirilgan.