Mazkur holat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilindi.

Joriy yilning 14-mart kuni taxminan soat 00:45 larda Olmazor tumani, Guruch-ariq koʻchasida joylashgan qariyalar uyining balandligi 3 metr, uzunligi 14 metr boʻlgan devori, poytaxtimizda boʻlib oʻtgan kuchli yogʻingarchilik oqibatida qulab tushgan.

Natijada, devor oldida turgan “Neksiya-3” rusumli, davlat raqam belgisi 01 U 328 DB (1985-y.t., fuqaro S.A.ga tegishli) boʻlgan avtomashinaga shikast yetgan.

Jarohat olganlar yoʻq.