Olmazor tumanidagi oshxonalardan birida  yong'in sodir bo'ldi

    Binoning taxminan 400 kv.metr maydoni yongʻindan zararlangan.

    Bugun, 26-iyul kuni soat 13:14da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Olmazor tumani Ahmad Donish koʻchasida joylashgan “Zamondosh” oshxonasida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushdi.

    FVV axborot xizmati maʼlum qilishicha, qisqa vaqt ichida vzirlikning 5 ta yongʻin-qutqaruv guruhi voqea joyga jalb etildi. Binoning taxminan 400 kv.metr maydoni yongʻindan zararlangan.

    Yongʻin soat 13:33da oʻrab olindi va soat 14:31 batamom oʻchirildi. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati yetib borgan.

    Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmadi.