Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uzilishlar tumanning“Ahil”, “Boʻstonobod”, “Gʻalaba”, “Gulsaroy”, “Islom ota”, “Istiqbol”, “Moyariq”, “Oltinsoy”, “Paxta”, “Qichqiriq”, “Tabassum”, “Tepaguzar”, “Umid”, “Yangi Toshkent”, “Yoshlik” hamda “Elparvar” MFYlarining ayrim hududlarida kuzatiladi.
Tushuntirilishicha, bu uzilishlar “Sagʻbon” podstansiyasida 110-35-10 kVli yangi oʻrnatilgan elektr qurilmalarini ishga tushirish, sinov-sozlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
«Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib oʻtamiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi», — deyiladi xabarda.