“Olmazor“–”Yangihayot” metro bekatlari oraligʻida poyezdlar harakati vaqtincha bir tomonlama tashkil qilinadi

    Toshkent metropolitenining “Olmazor” — “Yangihayot” bekatlari oraligʻida poyezdlar harakati vaqtincha bir tomonlama tashkil etiladi.

    Toshkent metropolitenida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha rejadagi profilaktik ishlarni bajarilishi munosabati bilan joriy yilning 26-mart kuni soat 23:00 dan 00:00 ga qadar “Chilonzor” yoʻnalishining “Olmazor“ – ”Yangihayot” (4-bekat) bekatlari oraligʻida poyezdlar harakati bir tomonlama (chelnok), oraliq vaqt intervallari saqlangan holda tashkil etiladi.

    Shuningdek, “Yangihayot” (4-bekat) va “Chinor” (5-bekat) bekatlari oraligʻida bu vaqt davomida bepul avtobus harakati yoʻlga qoʻyiladi.