Xususan, Qarshi aeroporti yonidagi alohida soliq va bojxona imtiyozlari tatbiq etiladigan 120 gektar maydonda sanoat “Texnoparki” hamda Kitob tumanidagi “Urgut erkin iqtisodiy zona”si filiali faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Bundan tashqari 6 ta tumanda kichik sanoat zonalari tashkil qilinadi.
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish maqsadida 73 ta davlat aktivlari 71 mlrd. soʻm boshlangʻich qiymatda ommaviy savdolarga chiqariladi.
Boʻsh turgan binolardan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida investitsiya majburiyati bilan sotilgan 97 ta obyekt negizida 157 mlrd. soʻm va 8 mln. dollar miqdorida loyihalarni ishga tushirish hisobiga 1 800 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.