Bir joyda uzoq oʻtirib ishlovchilar (yashovchilar) uchun umrni uzaytirishning eng oddiy va yoqimli usuli — haftasiga ikki soatgacha yayov yurishdir. “Sogʻlom millat ligasi” Butunrosssiya jamoatchilik tashkilotining prezidenti, taniqli akademiya Leo Bokeriya “RIA Novosti” bilan suhbatda shu omilga toʻxtalib oʻtdi.
Shifokor-kardiolog oʻz soʻzining isboti sifatida AQSʼHda oʻtkazilgan tadqiqotni misol keltirdi. Oʻn millionlab odamlar qatnashgan sinovda haftasiga hech boʻlmaganda ikki soat piyoda yurishga odatlangan kishilar turgʻun hayot tarziga odatlanganlarga qaraganda olti-sakkiz yil koʻproq umr koʻrishi aniqlangan.
Pandemiya tufayli koʻpchilik uydan chiqmaslikka oʻrgandi. Ammo sayr qilishni ham kanda qilmaslik kerak. Hatto bir xonali uy ichida tinmay yurish ham yurak-qon tomir tizimini yetarli yuklanish bilan taʼminlaydi. Toʻgʻri ovqatlanib, alkogoldan voz kechilsa, samarasi yanada yaxshi bilinadi. Bokeriyaning ushbu tavsiyalarini Zamin.uz ulashmoqda.