Voqea guvohlarining so'zlariga ko'ra, bola ziplaynning o'rtasida (po'lat arqonli attraksion) o'rtasida bo'lganida simi uzilib ketgan va u pastda joylashgan sun'iy hovuzga tushib ketgan. Meksikaning ABC Noticias nashri mahalliy hokimiyatga tayanib, bola deyarli 12 metr balandlikdan tushib ketgani haqida xabar berdi.
Yaxshiyamki, yaqin atrofdagi sayyoh hovuzga sakrab, 6 yoshli bolani qutqarib qoldi. Ijtimoiy tarmoqlarda bolaning oila a'zolari attraksion va bog' operatorini sudga bergani haqida xabar berishdi. Shuningdek, ular bog' rahbariyatini xodimlarning bunday vaziyatlarga tayyor emasligi uchun aybladi.
Hodisadan so'ng davlat idorasi ko'ngilochar bog'dagi bir nechta attraksioning ishini to'xtatib qo'ydi. Mahalliy hokimiyat vakillarining aytishicha, attraksion odam tomonidan boshqarilgan. Mazkur hodisa yuzasidan davlat miqyosida surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi tengrinews.kz.