Unda aytilishicha, Oʻzbekiston xalq artisti Malika Ahmedova uyidan 600.000$ ga teng qimmatbaho taqinchoqlar oʻgʻirlangan, 4 oy davomida oʻgʻirlangan buyumlarni arzimagan qiymatdagilari qaytarilgan, lekin qimmatbaho brilliant va tillalar qaytarilmagan.

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, 11-aprel kuni M.Ahmedova Mirzo Ulugʻbek tumani prokurori Aliakbar Poʻlatovning qabuliga taklif qilindi va uning tergov bilan bogʻliq eʼtiroz va vajlari tinglandi.

Qabul davomida M.Axmedovaga tuman prokuraturasiga taqdim qilingan jinoyat ishi tegishli tartibda oʻrganib chiqilganligi va tergov organiga ish boʻyicha qoʻshimcha tergov harakatlarini oʻtkazish haqida yozma koʻrsatma berilganligi tushuntirildi.

Maʼlumot tariqasida: 8-aprel kuni jinoyat ishi ayblov xulosasini tasdiqlash va sudga yuborish uchun tuman prokuraturasiga taqdim qilingan.