Bugun soat 18:00 da “Kinochilar uyi” kinoteatrida Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi hamda Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti taqdirlash marosimi oʻtkaziladi.
Tadbirda bir qator oʻzbek kinoijodkorlari va kino sohasi vakillari 17 ta nominatsiya boʻyicha mukofotlanadi. Qaysidir maʼnoda ushbu taqdimot oʻzbek kinematografiyasida yil davomida yuz bergan voqeliklar va amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamdir.