Oltin narxi toʻrtinchi marta oʻzining maksimal qiymatini yangiladi — Markaziy bank

    Moliya 23 Sentabr 2024 402

    23-sentyabr kuni oltin quyma va esdalik tangalar narxi yangi yuqori darajaga yetdi.

    Bu haqda Markaziy bank maʼlum qildi.

    Bir gramm oltin tannarxi 1 mln 109 ming soʻmga yetdi yoki oʻtgan jumaga nisbatan 21,5%ga qimmatladi. Besh grammlik uchun 5 mln 545 ming soʻmdan taklif qilinmoqda.

    Regulyator tomonidan oltin quymalari boʻyicha taqdim qilingan maʼlumotga koʻra:

    • 5 gramm oʻlchovli oltin quyma narxi 5 mln 545 ming soʻm;
    • 10 gramm oltin quyma narxi 11 mln 090 ming som;
    • 20 gramm oltin quyma narxi 22 mln 180 ming soʻm;
    • 50 gramm oltin quyma narxi 55 mln 449 ming soʻmni tashkil qiladi.

    Sentyabr oyining boshidan buyon mahalliy bozorda qimmatbaho metalning chakana narxi toʻrtinchi marta oʻzining maksimal qiymatini yangiladi. Toʻqqiz oydan kamroq vaqt ichida u 30,8%ga oʻsdi.

    Oltinning global narxi ayni paytda troya unsiyasi uchun $2630ga yaqinlashdi.