Jurnalistika sohasida Bosh milliy mukofot

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakul`teti

Dekan: Mahliyo Mirsoatova

Milliy jurnalistikamiz rivojiga qo'shgan ulkan hissasi, milliy media tuzilmasiga salohiyatli kadrlar tayyorlashdagi hamda ommaviy axborot vositalari ravnaqi yo'lidagi alohida xizmatlari uchun

II. Asosiy nominatsiyalar

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (televidenie):

1-o'rin –

Shunqor Choriev

 

O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanali” davlat muassasasi direktorining o'rinbosari

Mamlakatimizdagi islohotlar mazmun-mohiyati, odamlar hayotida bo'layotgan o'zgarishlar shukuhi aks etgan turkum ko'rsatuvlari uchun

2-o'rin –

Yulduz Hoshimova

“Milliy” telekanali Ijtimoiy-ma'rifiy dasturlar bo'limi boshlig'i.

“Otalar so'zi” loyihasi badiiy rahbari

Ijtimoiy mavzudagi turkum ko'rsatuvlar, madaniy-ma'rifiy loyihalar muallifligi uchun

3-o'rin –

Yulduzxon Olimova

“Ozod yurt to'lqinlari” mas'uliyati cheklangan jamiyati muassisligidagi “Mening yurtim” telekanali “Markaziy studiya” informatsion loyihasi 1-toifali muxbiri

Madaniy va ma'rifiy yo'nalishdagi, yoshlar hayotiga doir turkum ko'rsatuvlari uchun

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (radio):

1-o'rin –

Nazira Inoyatova

“Avtoradio”da dasturlar bo'yicha direktor hamda efir boshlovchisi

Mamlakatimizda bo'layotgan yangiliklar mazmun-mohiyatini keng ommaga etkazishga qaratilgan eshittirishlari uchun

2-o'rin –

Botir Imomaliev

“ORIAT Dono” radiosi muharriri

Jadidchilik harakati, shu jumladan, ma'rifatparvar ajdodlarimiz hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi “Jadidlar” ma'naviy-ma'rifiy dasturi uchun

3-o'rin –

Ilhom Raxmatov

 

Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi “Yangi asr” radiokanali bosh muharriri

Informatsion, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy va badiiy radio dasturlari orqali barcha sohalardagi yangilanish jarayonlarini tahlil qilib bergani uchun

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (matbuot):

1-o'rin –

“Erkin Qaraqalpaqstan” gazetasi

Bosh muharrir: Qurbanbay Bayniyazov

Qoraqalpog'iston Respublikasida bo'layotgan ulkan o'zgarishlar va yangilanishlar tahliliga bag'ishlangan publitsistik materiallari uchun

2-o'rin –

“Adabiyot ziyosi” gazetasi

Bosh muharrir: Mahmud Toir

Adabiy muhitni shakllantirish, yosh ijodkorlarni katta yozuvchi-shoirlar bilan g'oyibona uchrashtirish va qadimiy go'shalar, aziz avliyolar hamda Toshkent viloyatida yashab, ijod qilgan allomalarni xalqimizga yanada yaqinroq tanishtirish maqsadida e'lon qilingan turkum materiallari uchun

3-o'rin –

“Tong yulduzi” gazetasi

Bosh muharrir:

Feruza Adilova

 

Mamlakatimiz ta'lim tizimidagi islohotlar va o'quvchi-yoshlar ta'lim-tarbiyasini, ma'rifatini oshirishga, ularni rag'batlantirishga qaratilgan turkum materiallari uchun

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (internet-jurnalistika):

1-o'rin –

Xushnud Xudayberdiev

O'zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori o'rinbosari

Ijtimoiy-huquqiy, ma'naviy-ma'rifiy va ta'lim yo'nalishidagi turkum materiallari uchun

2-o'rin –

Jamshid Niyazov

Kun.uz internet nashri sharhlovchisi

Dolzarb mavzudagi tanqidiy-tahliliy mavzulardagi turkum materiallari uchun

3-o'rin – Kobil Xidirov

“davletovuz” telegram kanali asoschisi

Mamlakatimiz hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan yangilanishlar haqidagi tezkor va tahliliy materiallari uchun

Chet ellik jurnalistning O'zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun

San Xaoyang

“Jen`min xuabao” nashriyoti muharriri (Xitoy Xalq Respublikasi)

O'zbekistonning turistik salohiyatiga bag'ishlangan materiallari uchun

Mirasror Ahrorov

“Jumhuriyat” gazetasi muxbiri (Tojikiston Respublikasi)

O'zbekiston va Tojikiston o'rtasida yaxshi qo'shnichilik munosabatlari targ'ib qilingan materiallari uchun

Sherali Avezmetov

“Fars n`yus” axborot agentligining O'zbekistondagi muxbiri (eron Islom Respublikasi)

O'zbekistondagi yangi islohotlarni, shuningdek, mamlakatimizning iqtisodiy va turizm salohiyatini fors matbuotida targ'ib qilgan materiallari uchun

Muhammadsharif Mamatqulov

“Reyter” axborot agentligining O'zbekistondagi muxbiri (Buyuk Britaniya)

O'zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, muhim siyosiy jarayonlar, matbuot va so'z erkinligini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida turkum maqolalari uchun

Ahmad Tarabek

“Al-Diplumasiy” va “Eurasia Dairy” gazetalari siyosiy muxbiri, Markaziy Osiyo bo'yicha ekspert (Misr Arab Respublikasi)

O'zbekistondagi amalga oshirilayotgan ichki va tashqi siyosatdagi ijobiy o'zgarishlar haqidagi turkum maqolalari uchun

Rag'batlantiruvchi mukofotlar uchun nominatsiyalar:

Insonga e'tibor mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallari uchun

Rustam Tulenov

“Nurli jol” gazetasi muxbiri

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, xususan inson huquqlari himoyasiga oid turkum tanqidiy-tahliliy maqolalari uchun

Shoqahhor Salimov

Faxriy jurnalist

Prezidentimizning tashabbusi bilan “Yangi O'zbekiston – Yangi qo'shnichilik” tamoyilining hayotga izchil tatbiq etilishi, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik, yaxshi qo'shnichilikni mustahkamlash borasidagi turkum maqolalari uchun

Oila va mahalla mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallari uchun

Marg'uba Bobonazarova

Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi muharriri

Mustahkam oila va mahalla tizimidagi islohotlarga bag'ishlangan turkum tahliliy ko'rsatuvlari, reportajlari uchun

Harbiy-vatanparvarlik mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallari uchun

“Postda – Na postu” gazetasi

Bosh muharrir: Bernora Sadikova

Yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga oid turkum maqolalari uchun

Internet tarmog'ida e'lon qilgan eng yaxshi materiali uchun

Kiril Al`tman

 

 

Al`ter ego Interv`yu” kanali asoschisi

“Al`ter ego Interv`yu” kanalida dolzarb mavzulardagi suhbatlari uchun

Laziz Xamidov

 

“Ular” podkast loyihasi muallifi

Mamlakatimizda jadidchilik harakatining tarixiy ahamiyatini keng targ'ib qilish borasidagi loyihalari, xususan, “Jadidlar” nomli hujjatli fil`mi uchun

Shokir Sharipov

erkin ijodkor

Davlat boshqaruvi va jamiyatni shakllantirishga undovchi turkum mul`tiplikatsion dasturlari uchun

Liliya Nikolenko

 

Ijtimoiy tarmoqlardagi “Potrebiteli.uz” sahifasi asoschisi

Ko'p millatli O'zbekistonda yashovchi xalqlarning milliy madaniyati  va qadriyatlarini targ'ib qiluvchi turkum materiallari uchun

Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar eng yaxshi yoritilgan materiallari uchun

Muhammadjon Obidov

Jurnalist

Bosma nashrlar va ijtimoiy tarmoqlardagi islohotlar shukuhi aks etgan ijtimoiy-iqtisodiy va tanqidiy-tahliliy maqolalari uchun

Bandlik va ijtimoiy himoya masalalari eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun

Saodat Beknazarova

“Ovozi tojik” gazetasi muxbiri

Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish va ish bilan ta'minlash mavzularidagi turkum maqolalari uchun

Eng faol tele va radio boshlovchi

Dilfuza Shonazarova

“O'zbekiston tarixi” telekanali bosh muharriri o'rinbosari

Milliy qadriyatlarimiz va tarixiy mavzulardagi turkum ko'rsatuvlari uchun

2022 yilda chop etilgan publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun

Nazira Toshpo'latova

O'zJOKU kafedra mudiri

“Yo'ldaman...” nomli kitobi uchun

Eng yaxshi fotoreportaj uchun

Maqsad Habibullaev

O'zbekiston Milliy axborot agentligining Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha fotomuxbiri

Yangi O'zbekiston manzaralari aks etgan turkum fotoreportajlari uchun

 

Xalqaro hamkorlar ta'sis etgan nominatsiyalar

YUNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi:

“Inson huquqlari himoyasiga qaratilgan eng yaxshi material uchun” – Mirza Subhanov, O'zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatining Samarqand viloyat bo'limi raisi.

Evropa Ittifoqining O'zbekistondagi delegatsiyasi:

Belgiyaning GOPA Com., S.A.DNA kompaniyasi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha doirasida tashkil etilgan “Agrar oziq-ovqat sektoridagi islohotlarning taʼsiri haqida aholining xabardorligini oshirish boʻyicha eng yaxshi material uchun” nominatsiyasi gʻolibi – Nasiba ZIYODULLAYEVA, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri.