Ushbu qurilma nordon gazdan oltingugurt mahsuloti ishlab chiqarishga moʻljallangan boʻlib, yiliga 75,5 ming tonna oltingugurt ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Qurilmani sifatli taʼmirlash natijasida toʻxtovsiz barqaror, ishonchli ishlashini va belgilangan reja koʻrsatgichlarini oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash koʻzda tutilgan.
Qurilma taʼmirlash uchun toʻxtatilgan davrda zavoddagi gazni qayta ishlash qurilmalarining ish rejimlari optimallashtirildi. Natijada qayta ishlash jarayoniga uzatilayotgan yuqori oltingugurtli gaz hajmi kunlik 12,0 million kub metrga qisqarishining oldi olindi.
Qurilmani ogohlantirilgan rejali toʻla taʼmirlash ishlari “Oʻzbekneftgaz” AJ Uglevodorodlar qazib chiqarish departamenti va zavod mutaxassislaridan iborat guruh tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi va ishga qoʻshildi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun: Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani hududida joylashgan boʻlib, 1973-yilda ishga tushirilgan. 5-sexning Oltingugurt mahsuloti ishlab chiqarish 1-sonli qurilmasi esa 1973-yil ishga tushirilgan.